18 +  RSS  E-mail
12:56, 31 10 2019

Gʻallaorolda MIB va mahalla hamkorligida kam taʼminlangan oilalarga yordam berildi


Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi hamda tuman-shahar boʻlimlari tomonidan mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikda savob ishga qoʻl urildi.

Yaʼni, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, yolgʻiz keksalarning kommunal sohada qarzdorligi mavjud boʻlsa, mahallalardagi homiylar, tadbirkorlar koʻmagida toʻlovlari amalga oshirib berilmoqda.

Jumladan, Gʻallaorol tumanidagi «Alamli» MFYda yashovchi fuqaro Gulbahor Jumanovaning elektr energiyasidan boʻlgan 100 ming soʻm qarzdorligi “Gulnora Kamola” MChJ rahbari tomonidan toʻlab berildi.

Shuningdek, Sarbozor MFYda yashovchi fuqaro Shahlo Qosimovaning tabiiy gazdan boʻlgan 300 ming soʻm qarzdorligi “Gʻallaorol metan invest” MChJ rahbari tomonidan toʻlab berildi.

Qonunchilik talablariga koʻra, jismoniy shaxslar foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarni har oyning 10-sanasiga qadar toʻlashlari lozim. Aks holda isteʼmolchi tarmoqdan uzib qoʻyilishi va tarmoqqa qayta ulanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida toʻlov undirilishi belgilangan.

Sahovatpesha insonlarning koʻrsatayotgan bu kabi yordamlari esa kam taʼminlangan oilalar uchun ayni muddao boʻlmoqda.

MIB Jizzax viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.