18 +  RSS  E-mail
13:01, 31 10 2019

Fanlarni oʻqitishda zamonaviy yondashuv


Sirdaryoda matematika va tabiiy ilmiy savodxonlikni oshirishda PISA xalqaro baholash dasturi talablarini qoʻllash masalasiga bagʻishlangan oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir 2021 yilda Xalqaro tadqiqotlar tadbirida mamlakatimiz vakillarini munosib ishtirokini taʼminlash va taʼlim sifatini oshirishda aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish samaradorligini oshirish, oʻquvchilar bilim koʻnikmalarini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbir davomida fizika hamda matematika fanlarining oʻqitish muammolari, viloyatda taʼlim sifatini oshirish masalalari yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar boʻyicha fikr almashildi.

Guliston shahridagi 12-umumtaʼlim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar, oʻquvchilarga yaratilgan sharoit bilan tanishildi. Ishtirokchilar mazkur maktabda tashkil etilgan fizika va matematika fanlari boʻyicha oʻtkazilgan ochiq darslarda ishtirok etib, oʻtilgan darslar tahlil qilindi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.