18 +  RSS  E-mail
11:05, 29 10 2019

Foydalanilgan avtoulov narxini endi onlayn tarzda aniqlash mumkin


UzAuto Motors Service trade-in.uz saytini ishga tushirdi. Ushbu sayt orqali mijoz foydalanilgan avtoulovlarning amaldagi narxini dilerlar orqali bilishi mumkin.

Saytning asosiy jihatlaridan biri avtoulov qiymatini hisoblash kal’kulyatori boʻlib, u foydalanilgan avtoulovning taxminiy narxini onlayn tarzda aniqlash imkoniyatini beradi.

Narxlash ikkilamchi bozorning amaldagi narxlarni hisoblash uslubiyatiga asoslangan.

Bundan tashqari, Toshkentda yangi UzAuto Motors Service & Trade-In Center savdo va xizmat koʻrsatish markazi ochildi. Bu yerda foydalanilgan avtoulovni yangisiga almashtirish mumkin.

Bitta savdo maydonchasiga bir nechta dilerlarni joylashtirish orqali markaz xaridorlarga foydalanilgan avtoulovlarni sotish va xarid qilish yuzasidan keng tanlovni taklif qila oladi.

Trade-In markazi Yashnobod tumani, Elbek koʻchasi, 61A-uyda joylashgan.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.