18 +  RSS  E-mail
11:12, 29 10 2019

Fizik olimlar uchun yangi imkoniyatlar


Yadro fizikasi institutida rentgen nurlanishi diapazonida ishlovchi yangi, zamonaviy difraktometr ishga tushirildi. Difraktometr maxsus manbadan chiqib, oʻrganilayotgan namunadan oʻtayotganda tarqaluvchi nurlarni aniqlaydi. Uning yordamida oʻrganilayotgan materialning kristal panjara tuzilmasini va unga aralashmalar taʼsirini, shuningdek, harorat, bosim va boshqa tashqi taʼsirlarni aniqlash mumkin. Bu fanda yangi izlanishlar olib borish hamda sanoatda qoʻllanuvchi yangi materiallarni aniqlash uchun qoʻllaniladigan asosiy uskunalardan biridir.

Rentgen difraktometri koʻrsatilgan yoʻnalishdagi nurlarning tarqalish faolligini juda aniq oʻlchash xususiyati bilan tadqiqotlar darajasini yangi bosqichga olib chiqishga imkon beradi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.