18 +  RSS  E-mail
11:08, 29 10 2019

Baliqchi tumanida smart-sinflarning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi


Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi 39-umumtaʼlim maktabida smart-sinflarning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Dilshod Kenjayev, Rossiya davlatidan “Russkaya gumanitarnaya missiya” nodavlat notijorat jamgʻarmasi raisi A.Polkovnikov bir guruh xodimlari bilan hamda “Sharq ayoli” jamgʻarmasi raisi S.Tursunbayeva ishtirok etdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalari, yangi taʼlim loyihalari haqida maʼlumot berildi. Oʻzbekiston — Rossiya davlatlarining hamkorlik dasturi boʻyicha ikkita sinf xonasi uchun oʻquv jihozlari, koʻrgazmali qurollar hamda mul’timedia vositalari keltirildi.

“CledLingvo” taʼlim kompaniyasining xalqaro hamkorlik boʻyicha direktori O.Volkov xorijiy tillarni oʻrganish yuzasidan ishlab chiqilgan loyihasini taqdim qildi. Rus tili darsliklari muallifi Yu.Musurmanova internetdan kerakli maʼlumotlarni olish hamda “slassroom” nomli virtual kabinet haqida axborot berdi.

Mazkur tadbirda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi G.Karimova hamda rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi F.Alimova tomonidan “Aqlli” elektron doskalar yordamida ochiq darslar oʻtildi.

Xalq taʼlim vazirligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.