18 +  RSS  E-mail
12:25, 28 10 2019

Uydan chiqmay turib, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun navbatga turish


Davlat xizmatlari agentligi (DXA)  qulay kun va vaqt tanlab, avvaldan navbatga turish imkoniyatini joriy qilmoqda. Biroq, qancha vaqt oldin navbatga turish imkoniyati yaratilishi hozircha aniq emas. Ushbu yangilik joriy yilning 1 noyabr kunidan ishga tushadi.

2019 yilning 25 oktyabridan DXA onlayn tarzda elektron navbat olish imkoniyatini joriy qilgandi. Hozirda navbatni faqat idoraga borish kuniga olish olish mumkin.

25 oktyabr kuniga qadar navbat olish uchun infokioskka kelib, raqamli talon olish kerak boʻlgan.

Elektron navbat olish uchun bosqichma-bosqich yoʻriqnoma:

Navbatdan joy olish uchun www.davxizmat.uz saytiga kirish zarur. Tizim avtomatik ravishda eng yaqin DXA qayerdaligini koʻrsatadi.

Tarixda ilk bor Oʻzbekiston tadbirkorlikni roʻyxatga olish osonligi boʻyicha ilgʻor davlatlar 10 taligiga kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, 24 oktyabr kuni Oʻzbekiston “Biznesni yuritish” (Doing Business 2020) koʻrsatkichi boʻyicha top davlatlar 10 taligiga kiritilib, 8-oʻrinni egalladi. Oʻzbekistonda ushbu koʻrsatkich uchun Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi masʼuldir.

Taʼkidlash lozimki, “Biznesni yuritish” reytingi davlatlar tomonidan biznesni qoʻllab-quvvatlash va biznesni yuritishga toʻsiqlarni bartaraf etish choralari,  xususan, oʻz ishini ochish, tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish, soliq qonunchiligi, investorlar huquqlarini himoya qilish kabi koʻrsatkichlarni qamrab oladi.

DXA matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, qisqa vaqt ichida Oʻzbekiston ushbu reytingning 3-5 oʻrnini egallashi kutilmoqda.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.