18 +  RSS  E-mail
12:10, 28 10 2019

Toshkent viloyatida Urungoch nomli koʻl borligini yaqinda eshitdim


Toshkent viloyatida Urungoch nomli koʻl borligini yaqinda eshitdim. Suratlarga qaraganda, koʻl suvi musaffo, atrofdagi tabiat esa goʻzal, xullas, bir borib kelish kerak. Lekin meni rom etgan narsa boshqa — koʻlning nomi.

Internetni titkilab koʻrsam, koʻl nomi uygʻur tilidan tushuntirilipti: “urung” — “oq”, “qosh” — “nefrit” emish. Bilmadim, nega aynan uygʻur tili bilan bogʻlashyapti, lekin “urung” soʻzi “oq” va “musaffo, muborak” maʼnosida qadimgi turkiy tilda ham bor. Shunga koʻra, men koʻl nomi ancha qadimiy deb oʻyladim, lekin bu nom qachon paydo boʻlgani haqida aniq maʼlumotga ega emasman.

Gidronimda “nefrit” maʼnosidagi “qosh” soʻzining yoʻqligini esa ishonch bilan aytishim mumkin (shu ishonchsiz etimologiya asosida Urungochga hatto “nefrit koʻli” degan nom berishipti). Koʻrib chiqilayotgan joy nomining ikkinchi komponenti — “-och” qadimgi turkiy tilga oid soʻz yasovchi qoʻshimchadir. Bu koʻl nomi qadimiyroqligi foydasiga bir dalil boʻlishi mumkin.

Shunday qilib, “Urungoch” shunchaki “oq, musaffo joy” maʼnosini berishi kerak.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.