18 +  RSS  E-mail
12:20, 28 10 2019

Pitnak shahri “Obod” mahallasi toza ichimlik suv bilan taʼminlandi


Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi “Suv taʼminoti va oqava suv obʼektlari boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK Xorazm viloyati xududiy boshqarmasi buyurtmachiligida viloyatimizda joriy yil 80 ta loyihalar boʻyicha qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda va ishlab chiqilgan loyihalar hujjatlariga asosan joylarda 21 ta suv tarqatish inshooti va uzunligi 530 km ichimlik suvi tarmoqlari qurib bitkazib foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

2019 yilda rejalashtirilgan obʼektlarni amalga oshirish natijasida viloyatimiz aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash koʻrsatkichi 56 foizdan 62 foizga oshishi kutilmokda. Bugungi kunda 2019 yilga rejalashtirilgan mablagʻlarning 90 foizi oʻzlashtirilib, viloyat boʻyicha 70 ta obʼektda yaʼni, uzunligi 450 km boʻlgan ichimlik suv tarmoqlari va 13 ta suv tarqatish inshootlari foydalanishga topshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan “Orolbuyi mintaqasini rivojlantirish” dasturi doirasida Pitnak shahrida “Obod” mahallasi uchun ichimlik suvi tarmoqlari qurish va suv tarqatish inshootini rekonstruktsiya qilish loyihasiga 1,9 mlrd.soʻm ajratildi.

Bosh pudratchi “Qorovulbozor Nazarbek” MChJ tomonidan loyiha doirasida suv tarqatish inshootida nasos stantsiyasi binosi qayta taʼmirlandi, 3 dona nasos uskunasi oʻrnatildi, sigʻimi har biri 750 m3 boʻlgan 2 dona suv saqlash inshooti (rezervuar) qayta taʼmirlanib, yangidan transformator oʻrnatildi.

Shuningdek, loyixa doirasida uzunligi 7 km boʻlgan magistral va ichki tarmoqlar yotkizildi. Ushbu loyiha amalga oshishi natijasida suv taqsimlash inshootining suv yetkazib berish quvvati sutkasiga 4 ming m3 ga yetkazilib, Pitnak shahri “Obod” mahallasining 2500 dan ortiq aholisi toza ichimlik suv bilan taʼminlandi.

Oqova suv tozalash inshooti topshirilishi marosimida viloyat hokimi F.Ermanov va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari Dilshod Azimov qatnashdi va soʻzga chiqdi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.