18 +  RSS  E-mail
12:05, 28 10 2019

Doʻstlik tumanida tadbirkorlarning jamoatchilik kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyildi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 oktyabrdagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Doʻstlik tumani hokimi hamda Doʻstlik tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi mudirining tegishli qoʻshma qaroriga asosan Doʻstlik tumanidagi Bosh vazir qabulxonasi huzurida faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilikning boshqa vakillaridan iborat Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashi tashkil etildi.

Ushbu qoʻshma qarorga koʻra Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashi toʻgʻrisida nizom hamda Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashi tarkibi tasdiqlandi:

1. Tadbirkorlar kengashi oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi;

2. Tadbirkorlar kengashi oʻz faoliyatini mazkur qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va Doʻstlik tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi mudiri va Doʻstlik tumani hokimi bilan birgalikda tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiradi;

3. Tadbirkorlar kengashi aʼzoligiga, faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilikning boshqa vakillari qabul qilindi.

Quyidagilar Tadbirkorlar kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi:

— kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsiq va gʻov boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga hamda vakolatli davlat organlariga taqdim etish;

— kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish;

— tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oshirish va iqtisodiy koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha Agentlik, jamoatchilik kengashlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan tizimli aloqalarni yoʻlga qoʻyish;

— tadbirkorlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻtkazish shular jumlasidan.

Doʻstlik tumanidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.