18 +  RSS  E-mail
13:40, 25 10 2019

Tabiatga yetkazilgan zarar uchun jarima undirildi


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Zarafshon shahar inspektsiyasi inspektorlari tomonidan joriy yilning oktyabr oyida Zarafshon shahar hududida ekologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilinishi holati yuzasidan ekologik reyd nazorat tadbiri oʻtkazilganda qonun buzilish holati aniqlandi.

Zarafshon shahar “Daugiztau” qoʻrgʻoni yaqinidagi muhofaza etiladigan choʻl hududidan shahardagi “Alisher Navoiy” MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda hoʻl va oʻsishdan toʻxtamagan saksovul butalarini sindirib, olib kelayotgan vaqtida ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79 moddaning 1-qismi bilan eng kam ish haqining 10 baravari, yaʼni 2 mln 230 ming soʻm jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 3 mln 122 ming soʻm  undirildi.

Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.