18 +  RSS  E-mail
13:42, 25 10 2019

Saudiya Arabistonining “Ajlan & Bros Group” kompaniyasi Namangan viloyatida paxta-toʻqimachilik klasteri tashkil qiladi


Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Toshkent shahrida Saudiya Arabistonining “Ajlan & Bros Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

“Ajlan & Bros Group” ijrochi direktori oʻrinbosari Muhammad Aramani boshchiligidagi delegatsiya bilan boʻlgan uchrashuvda ushbu kompaniyaning Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon va Kosonsoy tumanlarida paxta-toʻqimachilik klasteri tashkil qilish yuzasidan istiqbolli loyihasi taklifi muhokama qilindi.

3 bosqichdan iborat ushbu yirik loyihani amalga oshirish uchun 12 ming gektar yer zarur boʻladi. Birinchi bosqich paxtani yetishtirishdan tortib, uni qayta ishlash hamda ip-kalava ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayonni oʻz ichiga olishi rejalashtirilmoqda. Bu bosqichda yirik zamonaviy paxtani qayta ishlash zavodi hamda yillik quvvati 8 ming tonna boʻlgan ip-kalava ishlab chiqarish zavodini ishga tushirish koʻzda tutilgan. Ip-kalava ishlab chiqarish liniyasini toʻla quvvatda yoʻlga qoʻyilishi 2024 yilgacha belgilangan. Keyingi bosqichda mato toʻqish hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejaga kiritilgan.

Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.