18 +  RSS  E-mail
13:31, 24 10 2019

Pensiya toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi


Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (889-son. 21.10.2019 yil..

Qarorga muvofiq, fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning 10 ga yaqin qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Xususan, Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, band shaxslarga ish staji davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan:

— 2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari;

— 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar boʻyicha belgilanadi.

Hozirga qadar faqat Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar boʻyicha belgilangan.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.