18 +  RSS  E-mail
13:29, 24 10 2019

Ota-ona bilan muomala qilishdagi oʻttiz beshta odob


1. Huzurlarida qoʻl telefonlarini oʻchirib qoʻyish.

2. Gapirayotganlarida jim turish.

3. Raʼylarini qaytarmaslik.

4. Gaplarini maʼqullab turish.

5. Ularga oʻzini hokisor tutib qarash.

6. Ularga doim maqtov, madh aytib turish.

7. Ularga hursandchilik xabarlarini ulashish.

8. Yomon xabarlarni oldilarida gapirmaslik.

9. Ular yaxshi koʻrgan kishilarni va doʻstlarini maqtash.

10. Erishgan yutuqlarini doim eslatib turish.

11. Agar qayta-qayta gapirsalar ham gaplarini tasdiqlab koʻngillarini koʻtarib turish.

12. Oʻtmishdagi alamli oʻrinlarni zikr qilmaslik.

13. Ortiqcha gaplardan chetlanish.

14. Oldilarida hurmat saqlab oʻtirish.

15. Fikrlarini past va noqis sanamaslik.

16. Gaplarini tugatmaslaridan oldin eshitmasdan turib ketmaslik.

17. Yoshlarini hurmat qilish va nabiralari bilan ularni bezovta qilmaslik.

18. Oldilarida nabiralarini jazolamaslik.

19. Hamma nasihatu-fikrlarini qabul qilish.

20. Huzurlarida ularga ehtirom koʻrsatish.

21. Ularga ovozni koʻtarmaslik.

22. Ulardan oldin yoki oldilaridan yurmaslik.

23. Taomga ulardan oldin qoʻl uzatmaslik.

24. Ularga tikilib qaramaslik.

25. Ular bilan faxrlanishlik, agar ular shunga loyiq ish qilishmagan boʻlsa ham.

26. Oldilarida oyoq uzatmaslik yoki ularga orqa qilmaslik.

27. Soʻkilishlariga sabab boʻlmaslik.

28. Har doim ularni haqlariga duoi xayr qilish.

29. Oldilarida charchoq va xafalikni zohir qilmaslik.

30. Ulardan sodir boʻlgan xatolarga kulmaslik.

31. Oʻzlari talab qilishlaridan oldin xizmatlarini bajarish.

32. Doimiy ravishda ularni ziyorat qilib turish va ularga gʻazab qilmaslik.

33. Ular bilan gaplashganda chiroyli soʻzlarni tanlab ishlatish.

34. Oʻzlariga yoqadigan ismlar bilan murojaat qilish.

35. Ularni hamma narsadan va hamma odamlardan ustun qoʻyish.

Ota va ona — yer ostiga koʻmilish arafasida boʻlgan yer yuzidagi hazinadir.

Bu yuqoridagi bandlarning har biri ahamiyat jihatidan ikkinchisidan kam emas.

Shunday ekan, eʼtibor bilan oʻqishni va ota-onaga muomala qilishlikda nafsni bir hisob qilib qoʻyishni nasihat qilgan boʻlardim.

Albatta, jannatga kirish, dunyodagi muvaffaqiyat, xotirjamlik, moʻl rizqkelishi va balolarni dafʼ qilinishi — ota-onaga yaxshilik qilish miqdoriga bogʻliqdir.

Dilya GULYAMOVA

“Goʻzal pand va nasihatlar”dan.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.