18 +  RSS  E-mail
13:18, 24 10 2019

2684 nafar bola tirik yetimlik qismatidan asrab qolindi


Navoiy viloyatida joriy yilning sakkiz oyida 1651 ta nizoli oila yarashtirilib, 2684 nafar bola tirik yetimlik qismatidan asrab qolindi.

“Boʻlgʻusi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” mashgʻulotlarida oilaviy hayot psixologiyasi, diniy va axloqiy tarbiya, oilaviy-huquqiy munosabatlar, reproduktiv salomatlik (ushbu mavzu yigit va qizlarga alohida., oila byudjeti va iqtisodi, oila mustahkamligini taʼminlashda mahallaning oʻrni va hokazo mavzularda mashgʻulotlar oʻtkazilib, yoshlarga oilaviy hayotda uchraydigan muammolar hamda ularni oqilona bartaraf etish yoʻllari haqida hayotiy misollar asosida maʼlumot va tavsiyalar beriladi.

— Yangi xonadonga moslashish murakkab jarayon, — deydi Karmana tumanidagi Navroʻz MFY istiqomat qiluvchi Sitora Fayzullayeva. — Mashgʻulotlarda kelinlikning burch va masʼuliyatlari boʻyicha atroflicha tushuncha, turli nizoli holatlar va ularning oldini olish xususida amaliy koʻnikmalar oldim.

Mashgʻulotlar yakunida Oila” markazi mutaxassislari tomonidan Toshkentdagi Inha universiteti xodimlari koʻmagida yaratilgan “Oʻsmir qizlarni mustaqil hayotga va turmushga, roʻzgʻor ishlarini yuritishga, har tomonlama oqila oila bekasi boʻlishga tayyorlab borish uchun moʻljallangan “Oila saboqlari” deb nomlangan mobil ilova va yosh kelin-kuyovlar uchun yangi turmush qurayotgan yigit-qizlarning oila sohasidagi bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash mavzuidagi tavsiya va maslahatlar oʻrin olgan “Mustahkam oilaga yoʻllanma” nomli entsiklopedik yon daftarcha taqdim etiladi.

Mazkur maktab faoliyati samaralarini targʻib etish maqsadida Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan Navoiy viloyatiga press-tur uyushtirildi. Unda ishtirokchilar viloyatdagi mazkur maktab faoliyati bilan tanishar ekan, mamlakatimiz rahbarining topshirigʻi yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda oʻziga xos ibrat namunasi boʻlayotganligiga eʼtibor qaratishdi.

Temur EShBOYEV,

“Xalq soʻzi”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.