18 +  RSS  E-mail
11:06, 22 10 2019

Qizil dengizning suv osti dunyosi


Xalqaro madaniyat karvonsaroyining katta zalida rossiyalik fotorassom Aleksandr Markevichning “Qizil dengizning suv osti dunyosi” nomli shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi.

Aleksandr Markevichning kasbi sayyoramizning deyarli barcha daryo va dengiz suvlarida yashovchi baliqlar hamda boshqa jonivorlarni oʻrganish bilan bogʻliq. Hozirgi kunda baliqlarning 32 mingdan ortiq turi maʼlum. Hamma ham ularning xilma-xilligi, suv osti olamining goʻzalligini jonli holda koʻra olmaydi. Aleksandr Markevich oʻz fotosuratlari bilan tabiatning betimsolligiga keng ommaning eʼtiborini qaratish orqali bizni ekologik muvozanat haqida mulohaza qilishga, tabiat neʼmatlarini saqlash ishiga hissa qoʻshishga undaydi.

Muallifning fotosuratlari koʻplab nufuzli koʻrgazmalarga qoʻyilgan, tanlovlarda yuqori eʼtiroflarga sazovor boʻlgan, fotoal’bom va bukletlarda chop etilgan.

Toshkentdagi foto koʻrgazmaga muallifning 70 ta asari muxlislar eʼtiboriga taqdim etilgan.

Koʻrgazma 2019 yilning 24 oktyabrigacha davom etadi.

Koʻrgazma dam olish kunlarisiz 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi. Manzil: Xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Yusuf Xos Hojib koʻchasi, 37A-uy. Telefon raqamlari: (998-71) 256-35-56, 252-30-88.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.