18 +  RSS  E-mail
10:29, 21 10 2019

Jizzaxda shprits korxonasi ishga tushdi


Jizzax shahridagi “Shifobaxsh suv chashmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida tibbiyot sohasida ehtiyoj yuqori boʻlgan bir martalik shpritslar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

— Janubiy Koreyaning tibbiyot sohasidagi eng soʻnggi innovatsion texnologiyalari bilan jihozlangan korxonada yiliga 2 milliard 300 million dona bira martalik shpritslar ishlab chiqariladi, — deydi “Shifobaxsh suv chashmasi”  masʼuliyati cheklangan jamiyat ijrochi direktori Bahodir Donaboyev. — Korxonani bosqichma-bosqich rivojlantirib borish dasturiga asosan kelasi yildan boshlab tomchi ukollar uchun sistemalar ishlab chiqaramiz. Ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizning asosiy qismi xorijga eksport qilinadi.

Umumiy qiymati 16,5 milliard soʻm boʻlgan mazkur korxona ishga tushishi uchun AT “Asakabank” Jizzax filialining 12,8 milliard soʻmlik kreditlari va tadbirkorning 3,7 milliard soʻmlik oʻz mablagʻlari yoʻnaltirildi, natijada korxona ishga tushgach 170 nafar yigit-qiz yangi ish oʻrinlariga ega boʻlishdi.

Tolibjon ERGAShEV


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.