18 +  RSS  E-mail
12:25, 18 10 2019

Samarqandda bolalar tagligi, plastik quvurlar, inkubatsion tuxum eksporti oʻzlashtirildi


Joriy yilning 9 oyi yakuni bilan Samarqand viloyatidagi 450 ta eksportyor korxonalar tomonidan 208,9 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.

Bu haqda yaqinda boʻlib oʻtgan xalq deputatlari viloyat Kengashining oltmish oltinchi sessiyasida axborot berildi.

Axborotda qayd etilishicha, eksport boʻyicha topshiriq ijrosi 100,5 foizga yoki 0,9 million dollarga ortigʻi bilan bajarilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 157,0 foizga oshirilgan.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 70 ta yangi korxonalar eksportga jalb qilinib, ular tomonidan 10,8 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Shu bilan birgalikda 4 turdagi yangi tovarlar (bolalar tagligi, plastik quvurlar, inkubatsion tuxum, xashtag) eksporti oʻzlashtirilgan. Eksport geografiyasi esa 4 ta davlat (Slovakiya, Kipr, Jazoir, Marokash)ga kengaygan.

Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish, xorijiy investitsiya kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda xorijiy hamkorlar topish maqsadida 653 nafar tadbirkorni chet eldagi hamda 1475 nafar tadbirkorlarga Oʻzbekistondagi 22 ta koʻrgazma, biznes forum, seminar va hamkorlik uchrashuvlarida ishtirok etishiga koʻmaklashilgan.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.