18 +  RSS  E-mail
12:23, 18 10 2019

Qozogʻistonga 5,9 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi


Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov Qozogʻiston Respublikasi vakili Darxan Amangel’diyevichni qabul qildi.

Soʻngi yillarda nafaqat hukumatlararo yaqin munosabatlar, balki mintaqalararo munosabatlar ham rivojlanmoqda.

Jumladan, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti N.Nazarboyevning Oʻzbekiston Respublikasiga 2017 yil aprel oyida tashrifi davomida Navoiy viloyati va Qiziloʻrda viloyatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarni yoʻlga qoʻyish maqsadida ikki tomonlama memorandum imzolangan edi.

Shundan soʻng, Navoiy viloyati va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida mintaqalararo munosabatlar doirasida Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosarlari boshchiligida ikki marta, Tomdi va Uchquduk tumanlari delegatsiyalarining Qozogʻiston Respublikasi Qiziloʻrda viloyatiga tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga hizmat qildi.

Jumladan, 2017 yilda Navoiy viloyatidan Qozogʻiston Respublikasiga 7,0 mln. dollar, 2018 yilda 7,5 mln. dollar, 2019 yilning 9 oyi davomida 5,9 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

Muzokara davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha kelishib olindi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.