18 +  RSS  E-mail
12:14, 18 10 2019

Mirzachoʻl tumanida «Qimmatlab ketgan «arzon» uylar boylar qoʻliga oʻtib ketmoqda» nomli video boʻyicha


Mirzachoʻl tuman, Gagarin shahri «Gʻalaba» mahalla fuqarolar yigʻini «Barokat» koʻchasida istiqomat qiluvchi Iroda Xolmoʻminovaning ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan video va shikoyatini oʻrganish maqsadida bir guruh mutasaddi rahbarlar oila markazi rahbari, xotin-qizlar masalasi boʻyicha mutaxassis, poliklinika mudiri, ijtimoiy soha boʻyicha hokim oʻrinbosari, qurilish boʻyicha hokim oʻrinbosari, mahalla mutaxassislari «Barokat» koʻchasi 26-xonadonga boʻlishdi.

Uy egalari ishdayov «Topolmasak kerak» degan xavotirda edik. Toʻgʻrida hozir har daqiqa gʻanimat paxta maydonlarida aholi paxta terib daromad olish bilan bandda.

Ellik kilo paxta tersang 50 ming soʻm pul va yana oʻsimlik yogʻi ham qoʻshib berilayapti. Yoʻq chuchvarani xom sanabmiz, havotirimiz oʻrinsiz ijtimoiy tarmoqlarda video tarqatganlar uyda ekan.

Iroda Xolmoʻminovaning turmush oʻrtogʻi Azizbek bilan suhbatlashdik. Suhbat asnosida Azizbekga shifer ishlab chiqarish korxonasida ishlab, 1,8 million soʻm maosh olishni takif etildi.

Videoda aytilgan mummolar namunaviy uydagi, hammomdagi nosozliklar va qaynonasini salomatligini taʼminlash uchun nazoratga olindi (avval ham nazoratda ekan)…

Qoʻshni va boshqa 54 xonadonlarni ham bir-bir kirib chiqdik. Hech bir uy «boy»larga sotilmaganiga guvoh boʻldik. Videomurojat yoʻllagan Iroda Xolmoʻminovadan «Bunaqa emaskanku, boylarga sotilmabdiku?» desak Iroda Xolmoʻminova unaqa gap aytmaganman deb oʻzini oqladi. Bank xodimlari «Vaqtida qarzingizni toʻlang, toʻlamasangiz toʻlaydiganlar topiladi» degandi deb javob berdi.

Xoʻsh, «Qimmatlab ketgan «arzon» uylar boylar qoʻliga oʻtib ketmoqda» qoʻshtirnoq ichidagi uyning qarzini kim toʻlashi kerak? Uzib ketilgan gaz haqqini-chi? Bir oyda 700 ming soʻm topish qiyinmi? Paxta tersa bir haftada topadiku!

Qoʻlida qimmat telefon, atir-upalarning turli xili bor xonadon egasining toʻlashga puli yoʻqmi?

Xonadon hovlisiga qurilgan issiqxonaga kir yoymasdan daromad olsa «boy» lar safiga qoʻshilmaydimi?

Xullas, koʻrib turganingizdek mummoning ildizi aslida kimga borib taqalayotganini anglash qiyin emas.

Mirzachoʻl tuman hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.