18 +  RSS  E-mail
11:03, 16 10 2019

«Investitsiya vizasi» egalariga 10 yillik yashash guvohnomasi beriladi


Prezidentning 2019 yil 17 yanvardagi PF–5635-son farmoni bilan xorijiy investitsiya kiritgan shaxslar uchun “investitsiya vizasi” joriy etilgan boʻlib, kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq ushbu vizani berish tartibi va u bilan bogʻliq imtiyozlar belgilandi.

Jumladan, investitsiya vizasi ichki ishlar hududiy organlari tomonidan beriladi va uzaytiriladi.

Vizani olish va uzaytirish uchun xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona iltimosnomasi, kiritilgan investitsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalardan birini ilova qilgan holda belgilangan shakldagi anketa bilan murojaat qilinadi.

Shuningdek, investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar va ularning oila aʼzolari respublika OTMlarida oʻqish davrida Oʻzbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda stipendiya hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni olishga haqlidir.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, 3 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosiga 10 yil muddatga Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi beriladi (ilgari barcha chet el fuqarolari uchun 5 yil muddatga berilgan).

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.