18 +  RSS  E-mail
10:49, 16 10 2019

Bemor bolalar mehribon yuraklarga ishonadi


Navoiy viloyatida yurak xastaligiga chalingan yoshlarni davolashga qaratilgan “Mehribon yurak” xayriya aktsiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu loyihani yuqori saviyada tashkil etish va yoritish maqsadida Yoshlar markazida matbuot anjumani tashkil etildi.

Viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, sogʻliqni saqlash boshqarmasi, koʻp tarmoqli tibbiyot markazi, madaniyat boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi, viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida ushbu loyiha davom etadi.

Xayriya aktsiyaning maqsadi: viloyatdagi yurak xastaligiga chalingan, bugungi kunda jarrohlik amaliyotiga zarurati boʻlgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy sharoiti ogʻir boʻlgan bemor bolalarni davolatishga va ularni sogʻlom hayotga qaytarishga qaratilgan. Shuningdek, yoshlar qalbida mehr-muruvvat, sahovat, insoniylik fazilatlarini yanada rivojlantirishdir.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.