18 +  RSS  E-mail
10:47, 16 10 2019

Baxmalda sogʻlomlashtirish turizmiga eʼtibor qaratilmoqda


Jizzax viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan “Baxmalda turizmni rivojlantiramiz!” shiori ostida targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.

Targʻibot tadbirlarining amalga oshirilishi orqali tumandagi sogʻlomlashtirish va arxeologik turizm yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan, Baxmal tumani Oʻsmat shaharchasidagi davolash maskaniga tashrif buyurilib, ushbu joyda dam oluvchi va davolanuvchi sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida oilaviy mehmon uyi tashkil qilish boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirilgan.

Ushbu maskanda tashkil etilayotgan qulayliklar, Baxmal tumanining togʻli hududlarida oʻsuvchi 50 turdan ortiq boʻlgan dorivor giyohlar, zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalari va otda sayr qilish imkoniyatlarining barchasi sayyohlar uchun yaratilgan.

Joriy yilning boshidan oktyabr oyiga qadar Baxmal tumanida jami 11 ta oilaviy mehmon uylari tashkil etilgan. Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan Baxmal tumanida sayyohlarga qulayliklar yaratish, ularga sifatli xizmatlar koʻrsatish va hududga sayyohlar oqimini koʻpaytirish maqsadida oilaviy mehmon uylari sonini oshirish boʻyicha amaliy ishlar davomiy olib borilmoqda.

Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi xodimlari Baxmal tumani Oʻsmat shaharchasidan keyin tumanning Moʻgʻol, Joʻm-joʻm, va Muzbuloq qishloqlariga tashrif buyurishib, u yerdagi xunarmanchilik uylari, ustaxonalar, olma bogʻlari, suv tegirmonlari va boshqa bir qancha turistlarni qiziqtiruvchi joylarni koʻzdan kechirishib mahalliy aholini tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari boʻyicha kerakli maslahatlar va tushunchalar berishdi.

Aytish joyizki, Baxmal tumanining brendi hisoblangan olmani terish ishlari boshlangan boʻlib, Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tomonidan Baxmal tumanidagi olma hashariga xorijiy sayyohlarni jalb qilish rejalashtirilgan.

Jizzax viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.