18 +  RSS  E-mail
10:47, 15 10 2019

Yevropaning eng boy odami bir kunda 5,1 milliard dollarga boyib ketdi


LVMH raisi va bosh direktori Bernard Arnoning boyligi bir kun ichida dunyodagi eng yirik hashamatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchining savdosi oʻsishi hisobiga 5,1 milliard dollarga oshdi. Arnoning LVMH xoldingi Christian Dior dan tortib Veuve Clicquot ga qadar boʻlgan 75 ta brendga egalik qiladi, uchinchi chorakda kompaniyaning sotuvlari 17 foizga koʻpaydi.

Savdo-sotiq yakunlangach, kompaniyaning aktsiyalari 5,6 foizga oʻsdi, natijada Arnoning boyligi 99,2 milliard dollarga yetdi. U dunyoning eng boy odamlari roʻyxatida Jeff Bezos (107,5 milliard dollar) va Bill Geytsdan (105 milliard dollar) keyin uchinchi oʻrinda turadi.

B.Arnoning raqibi — Gucci  va Kering  kompaniyasi egasi Fransua Penoning aktsiyalari esa 4,2 foizga oʻsdi va uning boyligi 1,1 milliard dollardan 30,2 milliard dollarga koʻtarildi.

Parijda joylashgan LVMH konglomerati dunyo boʻylab hashamatli mahsulotlar bozorining 5-10 foizini tashkil etuvchi Gonkongdagi noroziliklarga qaramay jahonda, shu jumladan Osiyoda sezilarli darajada oʻsayotganligini maʼlum qildi. Ushbu chorakda Osiyoda LVMH savdosi Yaponiyadan tashqari 12 foizga oʻsdi. Kompaniya kosmetika segmenti Xitoyda tez surʼatlar bilan oʻsib borayotganini taʼkidladi va oʻtgan oy Gonkongda birinchi Sephora doʻkonini ochdi. Yaponiyada oʻsish sharob va shampan vinolari savdosi hajmining oshishi tufayli sezilarli boʻlib qolmoqda. Barcha tarmoqlarda kiyim-kechak va charm buyumlar savdosi, ayniqsa, valyuta kurslarini hisobga olmaganda 19 foizga oʻsdi.

— Endi yangi mahsulotlarning chiqarilishi global boʻlishi kerak, — degandi B.Arno ikki yil oldin. — Bu katta investitsiyalarni talab qiladi, demak bizda ustunlik bor. Zarur boʻlgan mahsulotlarni yaratish va butun dunyo boʻylab sotish — bu LVMH uddalayotgan eng yaxshi faoliyatdir.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.