18 +  RSS  E-mail
10:30, 15 10 2019

Konimexda sayyohlar uchun tuyalar parvarishlanmoqda


Navoiy viloyati Konimex tumanidagi “Shoʻrtepa” mahalla fuqarolar yigʻini hududida tashkil etilgan ekoturizm markazi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijlik sayyohlarni ham tobora oʻziga jalb etmoqda.

Shu yil sentyabr oyida faoliyat boshlagan kompleksning umumiy maydoni 4,5 gektar boʻlib, bu yerda bunyodkorlik ishlari uchun 14 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Hududda 12 ta oʻtov, musiqali favvora, sunʼiy koʻl, orolcha va mehmonlarga xizmat koʻrsatish obʼektlari joy olgan. Turizm xizmatlari sifatli yoʻlga qoʻyilgan.

Tumanning iqtisodiy salohiyati va nufuzini oshirishga xizmat qiluvchi ushbu kompleksda, shuningdek, sayyohlarni jalb etish maqsadida 100 ta tuya parvarishlanmoqda.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.