18 +  RSS  E-mail
10:00, 14 10 2019

Obʼektlar qurilishi sifatsizligi muomaladagi tashkilotlar koʻpligidan emasmi?


Ijtimoiy va boshqa sohalar obʼektlari qurilishi, rekonstruktsiyasi va mukammal taʼmirlashda quruvchi-tadbirkor bir qancha organ va tashkilotlar bilan muomalada boʻladi.

Obʼekt hujjatlari tayyorlanib moliyalashtirilishida:

1. Buyurtmachi tashkilot.

2. “Yagona buyurtmachi injiniring” kompaniyasi

3. Loyihachi tashkilot.

4. Davlat ekspertizasi.

5. Moliya organi.

Obʼektni tekshiradi:

1. Buyurtmachi tashkilot.

2. Moliya organi nazorat-taftish boshqarmasi.

3. Loyihachi tashkilot.

4. Davlat arxitektura-qurilish va nazorat inspektsiyasi.

5. Qabul komissiyasi.

6. Departament.

7. Prokuratura.

Quruvchi-tadbirkor har bir organ-tashkilot bilan muomalada boʻlgach, qurilish materiallarini ancha iqtisod qilishiga toʻgʻri keladi. Natijada sifat pasayadi.

Obʼektlar qurilishida kam xarajatli qulay uslub va javobgarlik aniq belgilanmaganligi bois ortiqcha harajatlar koʻpayib ketadi.

Sifatni oshirish uchun obʼektlar qurilishida ishtirok etuvchi organ-tashkilotlar soni optimallashtirilsa maqsadga muvofiq boʻlardi.

1. Buyurtmachi vazirlik — ish turlarini belgilaydi, texnik nazorat qiladi.

2. Qurilish vazirligi tizimi — ish hajmini va oʻrtacha narxni aniqlaydi, optimal usulda loyiha tayyorlaydi, davlat ekspertizasidan oʻtkazadi, qurilish hajmi va sifatini nazorat qiladi.

3. Moliya vazirligi – loyihani oʻz muddatida moliyalashtiradi, bajarilgan ishlar narxini taftish qiladi.

4. Umumiy nazorat organi.

Bunda 3 ta vazirlik uchun masʼuliyat va javobgarlik aniq belgilanadi. Quruvchi-tadbirkor qanchalik kam tashkilot bilan muomalada boʻlsa, sifat ham shunchalik yaxshilanardi.

Dilyarom Nosirova: Hozirgi qurilishlar bir tiyinga qimmat, avariya holatida.

Mirziyod Mirusmanov: Yoʻq, muomaladagi tashkilotlar koʻpligida emas, balki shu tashkilotlar oʻz vazifasini toʻliq bajarmasligida.

Rixsatullo Nurullayev: Yagona nazorachi yoʻq, hamma oʻz sohasini oʻz ulushini oladi, avval boshidan 10 foiz “injiniring” tashkiloti oladi, boʻlmasa ish bermaydi.

Shaxlo Djumaniyazova: Binoga shapka kiygizilmagani uchun yoriqlar paydo boʻlibdimi?

Vaxidjon Nurmatov: 1989 yilda Spitakda zilzila boʻlganda yangi qurilgan uylar hammasi tekis boʻlib ketgan, sifatsizligidan.

Xalil Turatov: Sifatsiz qurilgan uylar kim tomonidan qurilgan boʻlsa, oʻshalar qattiq jazolanishi kerak, ham jinoiy, ham jarimaga tortilishi kerak. Shu haqida hozirgi qurilayotgan qurilish shirkatlarini ogohlantirish kerak.

Rasul Raximov: Obʼektlarni sifatini tekshiradigan 1 ta tashkilot qoldirish kerak va obʼektni qabul kilish uchun 1 ta tashkilot shu kifoya. Qolganlarini qabul hayʼatidan chiqarib tashlash kerak. Shunda obʼektni puli haqiqatdan ham obʼektning oʻziga sarflanadi, qabul hayʼatiga emas.

Alim Bekjanov: Buyurtmachi — ekspluatatsiya qiluvchi va pudratchi — quruvchi tamom, boshqa barcha strukturalar ular ixtiyorida zaruratga qarab tashkil qilinishi kerak.

Bir mehnatkash quruvchi ustida 12 nafar xoʻjayin va nazoratchi.

“Xalq fikri”dan

Ikromjon Xolmatov: Oldi-berdini kamaytirish kerak.

Diloram Mengucek: Hammasi pora va tanish bilan boʻlyapti. Buyogʻi bundan battar boʻladi shu ketishda.

Guljan Arevalo: Shoshilishdi va albatta kulgiga qolishdi.

Diloram Mengucek: Haqiqiy ishlaydiganlarga yoʻl qoʻyishmaydi.

Jamshid Axmedov: Haromxoʻrlar koʻpligidan…

Abdurahim Tulyaganov: Bular tekshiradi, qabul qiladi, lekin javobgar baribir topilmaydi.

Sayitmurod Xushvaktov: Javobgar faqat va faqat quruvchi tashkilot. Qurilish obʼektlari vaqtida moliyalashtirilmaydi, qurilish ishlari grafikdan orqada qolib ketadi, oʻshanda tepadagi kattalar boʻl-boʻl deb boshlashadi. Mana nima uchun qurilishda sifat yoʻqoladi. Beayb aybdor quruvchi.

“Xalq nazorati”dan


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.