18 +  RSS  E-mail
9:56, 14 10 2019

Oʻzlashtirganlikda gumon qilingan sobiq gubernator Dubrovskiy Shveytsariyaga qochib ketdi


RF Chelyabinsk viloyatining sobiq rahbari Boris Dubrovskiyga qarshi 20 milliard rubl byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirganligi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Tergov maʼlumotlariga koʻra, gumon qilinuvchi oʻz vakolatlaridan foydalangan holda «Yujuralmost» OAJ yoʻllarini qurish va rekonstruktsiya qilish boʻyicha bir nechta tenderlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan va olingan dividendlar uning nazorat paketiga ega boʻlgan kompaniyasi hisob raqamiga oʻtkazib berilgan.

TASS xabariga koʻra, Boris Dubrovskiy Shveytsariyada Rossiya huquq idoralaridan yashiringan. 2014 yildan buyon Chelyabinsk viloyatini boshqargan B.Dubrovsiky joriy yilning mart oyida gubernator lavozimidan isteʼfoga chiqqandi. Endilikda sobiq gubernatorga nisbatan RF JKning 285-moddasi 2-qismi, yaʼni  «Rossiya Federatsiyasining davlat lavozimini yoki RF subʼektining davlat lavozimini  egallagan shaxs tomonidan xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilish» moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.