18 +  RSS  E-mail
14:28, 11 10 2019

Komp’yuterda ishlayotganda koʻzni qanday asrash mumkin?


Ish joyi deraza yonida boʻlib, har 20 daqiqada tashqariga, uzoq masofaga qarab qoʻyish kerak.

Agar deraza orqa tomonda joylashgan boʻlsa, derazaga parda qilish kerak. Quyosh nuri monitorga tushsa, tasvirni koʻrish yanada qiyinlashadi.

Koʻzning shox pardasini saqlash uchun koʻz yoshlanishiga qarshi vositalardan foydalanish kerak.

Monitor koʻz darajasida yoki bir oz pastroq, monitorgacha boʻlgan masofa esa choʻzilgan qoʻlning masofasiga teng, yaʼni taxminan 60-70 santimetr boʻlishi kerak.

Toʻxtovsiz ishlash 45 daqiqadan oshmasligi lozim. Shundan soʻng 30 daqiqa davomida tanaffus qilish kerak. Vaqti-vaqti bilan koʻzlar uchun mashq qilish kerak (koʻzni yumib-ochish, chap-oʻngga qarash va hokazo).

Komp’yuterda ishlayotganda boshqa vositalar (planshet, uyali telefon, elektron kitob)dan faqat zarur boʻlganda foydalanish mumkin.

Gadjetdan qorongʻida va koʻzga yaqinroq foydalanish mumkin emas, (optimal masofa 30-35- sm). Qurilmalardan foydalanishning umumiy davomiyligi kuniga 8 soatdan oshmasligi kerak.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.