18 +  RSS  E-mail
13:13, 08 10 2019

Jizzaxdan oʻtuvchi avtomagistral yoʻlida 4 ta yirik turistik majmua barpo etilishi mumkin


Jizzax viloyati hududidan oʻtuvchi M-39 avtomagistral yoʻlida turizm sohasini rivojlantirish choralari koʻrilmoqda.

Jizzax viloyati geografik jihatdan Oʻzbekistonning markaziy qismida joylashgan boʻlib, viloyat hududidan oʻtuvchi M-39 avtomagistral yoʻlidan kuniga 25 mingdan ortiq avtomobillar oʻtadi. Shuningdek, viloyatning Doʻstlik, Paxtakor, Sharof Rashidov va Gʻallaorol tumanlaridagi milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5781-sonli Farmoniga asosan yoʻl boʻyi infratuzilmasini rivojlantirish va avtomagistral yoʻllari boʻylab turizm xizmatlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi Andijon viloyatining Xonobod shahridan Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga bogʻlangan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq shahrigacha “Oʻzbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorini tashkil etish belgilandi.

Ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Ikrom Mamajonov boshchiligida Jizzax viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi xamda tuman xokimliklari tomonidan “Turizm magistrali” turizm transport koridorini tashkil etish boʻyicha xududlarda oʻrganishlar olib borildi.

Oʻrganishlar natijalariga koʻra M-39 avtomagistral yoʻli yoqasidan 2020-2021- yillarda tashkil etiladigan 4 ta yirik turistik majmuaga kerakli tavsiyalar va tushuntirish ishlari olib borildi.

Avtomagistral yoʻllarda Turizm koridorini yaratishdan asosiy maqsad viloyatda turistlarning boʻlish vaqtini uzaytirish va ularga yuqori sifatli qulayliklar yaratish xisoblanadi.

Shoxrux ABDIMURODOV,

Jizzax viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boʻlim boshligi


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.