18 +  RSS  E-mail
13:02, 08 10 2019

Davlat xizmatiga qabul ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshiriladi


Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba tariqasida ayrim davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va hududlarda, 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatiga qabul ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshiriladi.

Endilikda, davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish va xizmatchilarning xizmat boʻyicha oʻsib borishi bilan bogʻliq faoliyatda nomzodlarni adolatli baholab borish va ular orasidan eng munosiblarini tanlashga qaratilgan meritokratiya tamoyili qoʻllaniladi.

Shuningdek, Farmonga asosan davlat fuqarolik xizmati xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yagona tizimi joriy etiladi.

Farmon bilan, Prezident huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Prezidentning davlat xizmati va vakillik organlari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi bir paytning oʻzida Agentlik direktori hisoblanadi.

Shu bilan birga, ushbu Agentlik huzurida Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.