18 +  RSS  E-mail
13:14, 07 10 2019

Oʻzbekiston va Xitoy


Har tomonlama rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalari iqtisodiy sohada ham yangi bosqichda davom etmoqda. Xitoy Halq Respublikasining bir guruh yirik kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiya ayni kunlarda viloyatimizda, xususan Yangiyer shahrida ishchi tashrif bilan boʻlib turibdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad iqtisodiy sohada manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qilishda iborat.

Delegatsiya aʼzolarining dastlabki manzili Yangiyer shahar xokimligi boʻldi. Shahar hokimligida oʻzaro doʻstona koʻrinishda boʻlib oʻtgan uchrashuvda mutasaddilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 areldagi “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5412-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan bajarilayotgan ijobiy oʻzgarishlar, shaharning mavjud ishlab chiqarish salohiyati hamda kommunikatsion infratuzilmalari haqida maʼlumot berilib, hududida amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti namoyish etildi. Shuningdek, ikki tomonlama amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yangi loyhalar hususida delegatsiya aʼzolariga takliflar ham berib oʻtildi.

Uchrashuv davomida ishchi guruh azolari yigʻilganlarga oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar. Xususan, “Shaanxi chunhua Jiangjiahe Coal Mine Co., Ltd” kompanichsi rahbari mamalakatimizda investorlar uchun yaratilayotgan keng koʻlamli sharoitlar tufayli chet ellik tadbirkorlarni yurtimizga boʻlgan qiziqishi ortib borayotganligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.