18 +  RSS  E-mail
13:10, 07 10 2019

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga sunnat toʻyi oʻtkazildi


Oʻgʻil farzand dunyoga kelganda barcha ota-onalar, nasib boʻlsa, elga osh berib, toʻy qilaman, tantana bilan kelin tushiraman, deya orzu qiladi.

Ammo fursati yetganda oilaviy qiyinchiliklar, turmush sinovlari sabab ayrimlari bunga imkoniyat topavermaydi. Ayni paytda mamlakatimizning turli hududlarida xalq kayfiyatini koʻtarish, ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ana shunday toʻy-tantana, sahovat tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Toyloq tumani markazidagi “Sherbek” tantanalar saroyida kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 11 nafar bolaning sunnat toʻylari oʻtkazib berildi. Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan marosimda elu xalqqa osh berilib, katta shodiyonada yoshlarning koʻngli togʻdek koʻtarildi. Toʻybolalarga hokimlik va homiylar tomonidan sovgʻa-salomlar ulashildi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.