18 +  RSS  E-mail
13:08, 03 10 2019

Samarqand viloyatining investitsiya salohiyati “investitsiya portali”da yoritib boriladi


Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga oid vazifalarni amalga oshirish hamda viloyatning investitsion va iqtisodiy salohiyatini xorijiy hamkorlarga keng targʻib etishni tizimli va samarali tashkil etishga qaratilgan Samarqand viloyati hokimining farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga asosan (www.invest.gov.uz) “Investitsiya portali”da joylashtiriladigan maʼlumotlarni oʻzbek, rus va ingliz tillarida oʻz vaqtida taqdim etish, maʼlumotlarning sifatli va haqqoniyligi uchun javobgarlik belgilandi. Buning uchun investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi ishonchli maʼlumotlar bilan taʼminlash uchun masʼul xodim biriktiradi. Shuningdek, viloyat hokimligi, tuman (shahar) hokimliklarining maxsus veb-saytida “Investitsiya salohiyati” boʻlimi tashkil etilib, ikki oy ichida veb-sayt oʻzbek, rus va ingliz tillarida yuritilishi taʼminlanadi.

Ushbu boʻlimda hududning umumiy maʼlumotlari chegaralari, geografik joylashuvi, iqtisodiy koʻrsatkichlari va salohiyati, tabiiy resurslari, kadrlar salohiyati, investitsiya qonunchiligi, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, istiqbolli loyiha takliflari va boshqa maʼlumotlar joylashtirib boriladi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.