18 +  RSS  E-mail
13:33, 02 10 2019

Samarqandda 7 ming gektar oʻrmon barpo etiladi


Davlatimiz rahbarining 2019 yil 17 iyundagi farmoniga koʻra, oʻrmon fondi yerlarini fuqarolar va qishloq xoʻjaligi korxonalariga investitsiyaviy shartnoma yoki davlat xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha boʻlgan muddatga berishga ruxsat berilgandi.

Prezidentimizning joriy yil 23 avgustdagi “Respublikada oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan yuridik va jismoniy shaxslarga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish belgilandi. Hujjatga asosan rekonstruktsiya qilishga ruxsat berishda davlat oʻrmon xoʻjaligi bilan tuzilgan shartnomalar oʻrmondan foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.

Qaror asosida 2020-2024 yillarda daraxt va butalarning urugʻlarini tayyorlash, nihol hamda koʻchatlar yetishtirish, tut daraxtini koʻpaytirish, oʻrmon fondi yerlarida hududlar boʻyicha oʻrmon barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, chorvachilik, parandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, qishloq xoʻjalik mahsulotlari, tumanlar davlat oʻrmon xoʻjaliklarida dorivor oʻsimliklar yetishtirish va tayyorlash koʻrsatkichlari ham aniq belgilangan.  Shu yillar davomida melioratsiya obʼektlari atrofida hamda qishloq xoʻjaligi yerlarida hosildorlikni koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota daraxtzorlari barpo etish rejalari ishlab chiqildi.

Rejaga asosan, 2020-2024 yillarda viloyatimizdagi 9 ta oʻrmon xoʻjaligida 200 ming kilogramga yaqin daraxt va buta urugʻlari, 52 ming dona nihol va koʻchat, 18 ming tup tut koʻchatlari tayyorlanadi. Shuningdek, qariyb 7 ming gektar oʻrmon barpo etiladi, 13 ming bosh mayda shoxli chorva mollari, 50 ming bosh parranda, 17,5 ming asalari oilasi boqilishi yoʻlga qoʻyiladi. 13 ming gektardan ortiq maydonda 53 ming tonnadan ortiq qishloq xoʻjalik mahsuloti, 8,2 million soʻmlik dorivor va boshqa ozuqabop oʻsimliklar ishlab chiqariladi, 700 gektar maydonda ihota daraxtzorlari barpo etiladi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.