18 +  RSS  E-mail
13:35, 02 10 2019

Qishloq xoʻjaligida innovatsion yondashuv: respublikada birinchilardan boʻlib Sirdaryo viloyatiga


Amerika Qoʻshma Shtatlarining “John Deere” kompaniyasida ishlab chiqarilgan eng soʻnggi rusumdagi olti qatorlik yagona yangi turdagi innovatsion paxta terish mashinalari keltirildi.

Yurtimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini va raqobatbardoshlikni toʻliq qaror toptirish, qishloq hoʻjaligi tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni keng koʻlamda joriy etish orqali sohalarni rivojlantirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgartirishlar va keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo viloyatida chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali qishloq hoʻjaligi sohasida Singapur davlatining  “Indorama” kompaniyasi tomonidan yangi turdagi innovatsion paxta terish mashinalari keltirilganini taʼkidlash mumkin. Bugungi kunlarda ushbu paxta terish mashinalari Oqoltin tumanidagi paxta dalalarida sinovdan oʻtkazildi. Ushbu paxta terish mashinasi birvarakayiga 6 qatorni egallab, paxtani aylana koʻrinishida tayyor qadoq shakliga keltirib, bitta qadoqda (press) 2,5 tonnadan 2,7 tonnagacha qadoqlamoqda.

Bu esa oʻz navbatida 6 qatorli “John Deere 7760” mashinasi kuniga 40-50 gektar maydondan 80-100 tonnagacha paxta terish imkoniyatiga ega. Agar “John Deere 7760” paxta terish mashinasi kuniga oʻrtacha 90 tonna paxta tersa, uning oʻrnini bosuvchi ishchi kuchi 1400 nafar aholi terimiga toʻgʻri keladi.

Bunday yuqori unumli paxta terish mashinalaridan viloyatimizga 15 ta keltirildi. Bu degani kuniga oʻrtacha 1400 tonna paxta xirmonini aynan “John Deere 7760” paxta terish mashinasining oʻzi yaratmoqda.

Ushbu texnikaning afzalligi birinchidan, paxtani qoldirmasdan terib olishi boʻlsa, ikkinchidan,  qadoqlangan shaklda manzilga yetkazishda qulay hisoblanadi.

Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.