18 +  RSS  E-mail
12:46, 26 09 2019

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjud boʻlmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning ishlashiga yoʻl qoʻyilmaydi


Yoʻlboʻyi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori (793-son, 21.09.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2020 yil 1 martdan boshlab jamoat maqsadlariga moʻljallangan, kechayu-kunduz ishlaydigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stantsiyalari, gaz va yoqilgʻi quyish stantsiyalari (AGTKS, AGQS, AYOQS)ning ishlashiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ushbu maqsadda respublika va hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladi.

Hududiy ishchi guruhlarning sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlashga oid qaror va talablarini bajarmaslik AGTKS va AYOQSlarga:

— tegishlicha gaz va neft mahsulotlari yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatish;

— ular litsenziyasining amal qilishini toʻxtatish haqida chora koʻrish uchun asos boʻladi.

2019 yil 20 noyabrgacha boʻlgan muddatda AGTKS, AGQS, AYOQSlarga zarurat boʻlganda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish uchun qoʻshimcha yer uchastkalari ajratiladi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.