18 +  RSS  E-mail
12:54, 26 09 2019

Oʻzbekistonda 5G mobil aloqa tarmogʻi joriy etildi


Kecha Oʻzekspomarkaz milliy koʻrgazmalar majmuasida “ICTWEEK Uzbekistan” AKT haftaligi doirasida oʻtkaziladigan anʼanaviy ICTEXPO axborot-kommunikatsiya texnologiyalari koʻrgazmasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

16-marta tashkil qilinayotgan ICTEXPO koʻrgazmasi mamlakatimiz va xorijdagi yuqori texnologiyalar sohasi yetakchi vakillarini bir joyga toʻpladi.

Prezidentimizning Oʻzbekistonda 5G mobil aloqa tarmogʻini joriy etish toʻgʻrisidagi topshirigʻi ijrosini taʼminlash doirasida “Coscom” MChJ maʼlumot uzatish tezligi boʻyicha inqilobiy hisoblangan mobil aloqaning beshinchi avlod texnologiyalari tarmogʻi — 5G ni sinovdan oʻtkazishni boshladi.

Poytaxtimizning “Oʻzkoʻrgazmasavdo” majmuasida start berilgan “ICTWEEK Uzbekistan” AKT haftaligi doirasida har yili oʻtkaziladigan ICTEXPO axborot va kommunikatsiya texnologiyalar koʻrgazmasi doirasida Ucell ishtirokchilar hamda mehmonlar uchun yangilik taqdim etdi.

Bugun boshlangan ICTEXPO axborot va kommunikatsiya texnologiyalari koʻrgazmasi doirasida Ucell kompaniyasining koʻrgazma stendida 5G beshinchi avlod istiqboli porloq, tezkor, keng polosali va simsiz ulanish texnologiyasining mobil uyali radio aloqa tarmogʻini ishga tushirish uchun ramziy tugmasi bosildi.

Ushbu marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi.

Ucell stendi pavilon boʻylab tanishuv safari davomida ramziy boshlash tugmachasi bosilib, koʻrgazma mehmonlariga 5G videolari bilan tanishish va uning imkoniyatlarini sinab koʻrish imkoniyati taqdim etildi. Ucell stendida VR koʻzoynaklari ham namoyish etildi. Mehmonlar uning yordamida 5G texnologiyalaridan foydalangan holda virtual reallik bilan tanishdilar.

Soha rahbari hamda haftalik mehmonlari: Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vaziri Konstantin Shulgan, Amiti universiteti prezidenti Atul Chauxan, ASHH ijroiya qoʻmitasi bosh direktori Nurudin Muhitdinovlar koʻrgazma stendlari bilan tanishib chiqishdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.