18 +  RSS  E-mail
11:08, 24 09 2019

Oʻzbekistonda mineral oʻgʻitlarsiz hosil olish biotexnologiyasi yaratildi


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori Baxtiyor Rasulov tomonidan Oʻzbekistonda mineral oʻgʻitlarsiz kuzgi bugʻdoy yetishtirish biotexnologiyasi ishlab chiqildi va amalda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi.

Fanlar akademiyasi xabariga koʻra, mazkur biotexnologiya usuli yordamida — azotli va fosforli mineral oʻgʻitlarsiz bugʻdoy hosildorligi oshiriladi. Dala sharoitidagi tadqiqotlar Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Kalgan massividagi bugʻdoy dalalarida oʻtkazildi. Biotexnologiyaning asosi tuproqlarda, oʻsimlik ildizlari atrofida koʻpayadigan foydali bakteriyalarning noyob biologik xususiyatlariga asoslanadi. Tuproq bakteriyalari oʻsimliklarning oʻsishi, rivojlanishi va hosildorligini oshirishda talab etiladigan biologik azot va fosfor, turli fiziologik faol moddalar, oqsillar (shuningdek, aminokislotalar), vitaminlar hosil qiladi.

Tuproqning muhim bio-ekologik xususiyatlarini tiklaydi — tuproq yosharadi. Taklif etilgan ushbu biotexnologiyada ana shu bakteriyalardan foydalaniladi. Dala sharoitidagi tadqiqotlarda ushbu biotexnologiya asosida va mineral oʻgʻitlar qoʻllanmasdan oʻrtacha 50 ts/ga hosil olingan.

Mazkur ishlanma, ayniqsa, shoʻrlangan tuproqlarning biologik xususiyatlarini tiklash va bugʻdoy hosildorligini oshirishda juda foydali, Oʻzbekiston sharoitlarida istiqbolli hisoblanadi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.