18 +  RSS  E-mail
15:55, 23 09 2019

Oqdaryoda tabiiy gaz tarmogʻiga oʻgʻrincha ulangan korxona aniqlandi


Majburiy ijro byurosi Oqdaryo tumani boʻlimi xodimlari oʻtkazgan tezkor tadbirda “BARAKA-NUR” oilaviy korxonasi rahbari Oʻtkir Azizov Dahbed mahallasida kafe, oshxona va novvoyxona tashkil qilgan va tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari, koʻz bilan aniqlab boʻlmaydigan darajada yer ostidan diametri 25 millimetr boʻlgan polietelen quvur orqali ulanib olgan.

Ushbu noqonuniy ulanma orqali 2 dona novvoy tandiri, 2 dona “PG-4” rusumli gaz plitasi, 1 dona somsapazlik tandiri, 1 dona mangal, 1 dona isitish pechi hamda 2 dona “Konvektor” pechlaridan foydalanib kelgan.

Aniqlangan holat boʻyicha tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, korxona tabiiy gaz tarmogʻidan uzib qoʻyildi.

Taʼminotchi korxona bergan xulosaga koʻra, “BARAKA-NUR” oilaviy korxonasi rahbari Oʻ.Azizov tomonidan davlat manfaatlariga 24 million 270 ming soʻm miqdorda zarar yetkazilgan.

Hozirgi kunda ushbu noqonuniy harakat yuzasidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.