18 +  RSS  E-mail
15:56, 23 09 2019

Hindistonlik ishbilarmon Surxondaryoga 60 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritadi


Surxondaryo viloyati hokimligida 21-22 sentyabr kunlari Termiz shahrida oʻtkazilgan “Open South International Business Forum II” xalqaro biznes-forumida ishtirok etgan hindistonlik investorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Hindistonlik tadbirkorlar yangi barpo etilayotgan “Termiz city” hududida 60 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritib, biznes markaz qurish loyihasini taqdim etishdi. Surxondaryo viloyat hokimi dastlabki kelishuvlarga erishilgan bu loyiha amalga oshirilishi uchun har qanday yordamni ayamasligini bildirdi.

Viloyat hokimi Toʻra Bobolov bu qurilishni amalga oshiradigan “Alok design built” korxonasi vakillaridan injener va arxitektorlardan tashqari qolgan ishchilar oʻzbekistonlik boʻlishini soʻradi. Korxona rahbari Alok Kumar bu taklifga rozi boʻldi.

Yana bir hindistonlik tadbirkor Surxondaryoda issiqxona uchun kerakli boʻlgan jihozlarni ishlab chiqarish taklifini berdi. U viloyat hududida ushbu turdagi tovarlarga ehtiyoj qanchalik boʻlishini bilish uchun koʻrgazma oʻtkazishga ruxsat oldi.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.