18 +  RSS  E-mail
15:53, 23 09 2019

16 nafar samarqandlik talaba davlat stipendiyasi gʻolibi boʻldi


Oʻzbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash boʻyicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2019/2020 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tayinlandi.

Samarqand oliy taʼlim muassasalarining 16 nafar iqtidorli talabasi ham davlat stipendiyalariga sazovor boʻldi. Jumladan, Samarqand veterinariya meditsinasi va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutlarining 4 nafardan, Samarqand davlat universitetining 3 nafar, Samarqand davlat tibbiyot va Samarqand iqtisodiyot va servis institutlarining 2 nafardan, Samarqand davlat chet tillar institutining 1 nafar talabasi Navoiy, Beruniy, Ulugʻbek, Ibn Sino va Islom Karimov davlat stipendiyalari sohibi boʻlishdi.

Sovrindor talabalarga 2019 yil sentyabridan boshlab joriy oʻquv yili davomida davlat stipendiyasi tayinlanadi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.