18 +  RSS  E-mail
10:55, 20 09 2019

Samarqandda AQSh va Xitoy hamkorligida qoʻshma korxona ochiladi


Samarqandda “Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha investitsion strategik hamkorlik” loyihasi doirasida Xitoy  davlatining “Beijing Huiyuan Holding Co.LTD” va Amerikaning “GMFR Global group Co.LTD”  kompaniyalari hamda Samarqand viloyati hokimligi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma imzolandi.

Tadbirda AQSh, Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi aloqalar koʻp yillik tarixga ega ekanligi taʼkidlandi. Viloyat hokimi E.Turdimov mamlakatimizda  xorijlik investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar xususida maʼlumot berdi.

— Mazkur loyihaning dastlabki bosqichi 350 million AQSh dollarni tashkil etib, xitoylik hamkorlarim bilan Samarqand viloyatida chorvachilik, intensiv bogʻ, zamonaviy  issiqxonalar qurib uch yoʻnalishda klaster sifatida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchimiz, — deydi “GMFR Global group Co.LTD”  kompaniyasi vakili Dilovar Gʻulom. — Buning natijasida, dastlabki  bosqichda har xil turda qadoqlangan suv va sharbat hamda sut mahsulotlari ishlab chiqarilsa,  keyingi bosqichda vino mahsulotlari tayyorlanadi.

Loyiha amalga oshgach korxonada yiliga 20 million tonna qadoqlangan suv, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, mahsulot toʻliq eksportga yoʻnaltiriladi.  Natijada mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Shuningdek, uchrashuvda loyihalar taqdimoti ham oʻtkazildi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.