18 +  RSS  E-mail
15:22, 19 09 2019

UZIMEI


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22-oktyabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 847-sonli qaroriga muvofiq mamlakatimizda mobil qurilmalar IMEI-kodlarini roʻyxatga olish tizimi joriy etilmoqda.

2019 yil  1-apreldan Oʻzbekiston GSM -operatorlari tarmoqlarida foydalaniladigan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini avtomatik ravishda roʻyxatdan oʻtkazish tizimi ishga tushirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17-sentyabrdagi  “Oʻzbekiston Respublikasi hududida  foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 778-sonli qaroriga asosan GSM standartidagi mobil qurilmalar IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish tizimini joriy etish tartibi tasdiqlandi.

Ushbu tizim quyidagi maqsadlarni amalga oshirish imkonini beradi:

1.         Mobil qurilmalarning oʻgʻrilanishini va ulardan noqonuniy foydalanishning oldini olish;

2.         GSMA xalqaro standartlariga mos kelmaydigan, inson sogʻligʻiga zarar keltiradigan sifatsiz mobil qurilmalarni sotuvini oldini olish;

3.         Oʻzbekiston telekommunikatsiya bozorida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish;

4.         Mamlakatga mobil qurilmalarni noqonuniy yoʻl bilan olib kirilishning oldini olish.

Mobil qurilmalar IMEI-kodlari joriy yilning 1 noyabr oyidan  tizim operatoriga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.