18 +  RSS  E-mail
15:15, 19 09 2019

Samarqand shahri chegarasiga oʻzgartirish kiritiladimi?


Oʻzbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Samarqand viloyati Samarqand tumani hududidagi 253,7 gektar (“Qorasuv” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi — 253,7 gektar) yer maydoni Samarqand viloyatining Samarqand shahri tarkibiga oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumanining maʼmuriy hududi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan tavsiflar va grafik chizmalari asosida 1-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror bajarilishi bilan bogʻliq barcha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi.

Qaror loyihasining muhokamasi 3 oktyabr sanasigacha davom etadi.

Qaror loyihasi bilan batafsil tanishish uchun veb-havola: https://regulation.gov.uz/ru/document/7971

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.