18 +  RSS  E-mail
13:39, 18 09 2019

“Samarqand” xalqaro aeroportida yangi terminal qurilishi boshlandi


Davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi chogʻida “Samarqand” xalqaro aeroportini zamon talablariga mos darajada rekonstruktsiya qilish, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, qolaversa sayyohlar oqimini koʻpaytirish uchun yangi loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berilgandi.

Mazkur vazifa ijrosi doirasida “Samarqand” xalqaro aeroportida soha mutasaddilari ishtirokida belgilangan loyihalar oʻrganib chiqildi.

Rejaga koʻra, 2019-2020 yillarda “Samarqand” xalqaro aeroportida xizmat koʻrsatishni rivojlantirish uchun yangi terminal quriladi va uchish-qoʻnish yoʻlagi rekonstruktsiya qilinib, samolyotlar turargohi kengaytiriladi hamda radiolokatsiya tizimlari takomillashtiriladi. Yangi qoplama yotqiziladi.

Mazkur loyihalar amalga oshgach, aeroportda soatiga 600 nafar xorijiy va mahalliy mehmonlarga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Aeroport zamonaviy qiyofaga kirgandan soʻng bir kunda 20 dan ortiq reys amalga oshiriladi.

Samarqand viloyati hkoimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.