18 +  RSS  E-mail
13:35, 18 09 2019

Ekoturizm markazi ikki ming nafardan ortiq mijozni qabul qilish imkoniyatiga ega


Konimex tumanida “Konimex-Qizilqum shubat”masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan viloyatda ekoturizm sohasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan yangi va zamonaviy loyiha asosidagi kompleks ishga tushdi.

Loyiha tashabbuskori Azamat Elmuradov tomonidan umumiy qiymati 12 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ evaziga bunyod etilgan mazkur ekoturizm markazi bir vatqning oʻzida ikki ming nafardan ortiq mijozlarni oʻz bagʻriga olish imkoniyatiga ega ekanligi bilan eʼtiborga sazovor.

Mazkur turizm markazida oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq milliy taomlari tayyorlanadi. Shuningdek, oʻziga xos orolcha boʻlib, bu yerda mahalliy va xorijlik turistlar oʻzlari istagan baliqni tutib, pishirgan holda isteʼmol qilishlari mumkin. Musiqali favvora, bolalar attraktsionlari, oʻndan ortiq oʻtovlar, shifobaxsh tuya suti, sport maydonchasi, madaniy xordiq uchun amfiteatr, xullas bu kabi zamonaviy qulay imkoniyatlar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uygʻotishi tabiiy. Hozirda yigirma nafardan ortiq mahalliy yoshlar bandligi taʼminlandi.

Turizm komleksining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi K.Tursunov, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda bir guruh xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.