18 +  RSS  E-mail
13:39, 16 09 2019

Qimmatbaho taqinchoqlar manziliga yetmadi


Olis safardan qaytayotgan har qanday yoʻlovchi yaqinlariga xoh oddiy buyum boʻlsin, xoh qimmatbaho zargarlik buyumi boʻlsin, sovgʻa-salom olishi tabiiy hol.

Shu bois amaldagi tartiblarga koʻra har bir jismoniy shaxs tomonidan 65gr. gacha ogʻirlikdagi qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini mamlakatga bojsiz olib kirishga ruxsat etilgan.

Ammo, yaqinlarga sovgʻa, degan bahonalar bilan tilla va zargarlik buyumlarini belgilangan meʼyordan koʻproq olib kirishga urinayotgan shaxslar hamon uchrab turibdi. “Samarqand” xalqaro aeroportiga “Istanbul — Samarqand” yoʻnalishi bilan uchib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi K.M. “yashil” yoʻlak orqali bojxona nazorati hududidan oʻtish vaqtida uning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortadi.

Bojxona xodimlari xolislar ishtirokida fuqaro M.J.ga tegishli bagaj va qoʻl yuklarini koʻzdan kechirishadi. Qoʻl sumkadan “Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi”da yozib koʻrsatilmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish meʼyoridan ortiqcha boʻlgan qiymati 4 mln. soʻmdan ziyod, umumiy ogʻirligi 95 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan bojxona xodimlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona surishtiruvlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.