18 +  RSS  E-mail
13:36, 16 09 2019

Qashqadaryoda energoresurslar bilan bogʻliq noqonuniy holatlarga chek qoʻyildi


Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Natijasida Gʻuzor tumanida joylashgan “Hamro” MChJ rahbari F.Muyanov aholiga imtiyozli narxda berilishi kerak boʻlgan suyultirilgan gaz mahsulotini talon-taroj qilganligi maʼlum boʻldi. Tekshiruvlar davomida mazkur MChJga qarashli maishiy gaz ballonlarni toʻldirish shoxobchasidan unga yaqin hududda joylashgan F.Muyanovning avtomobillarga gaz quyish xususiy shohobchasiga yashirin tarzda quvur oʻtkazilganligi oshkor boʻldi.

Shuningdek, ushbu shoxobchadan “ZIL” avtomashinasida gaz mahsuloti olib chiqilib, Qarshi shahar, “Chovqay” mahallasida joylashgan “Avtohamkor” MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga sotish uchun yetkazib berilayotganligi ham aniqlandi.

Hozirda yuqorida koʻrsatilgan holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ahror SODIQOV,

Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.