18 +  RSS  E-mail
13:02, 12 09 2019

Energetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlashda xalqaro tajribadan foydalaniladi


Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Moskva energetika instituti milliy tadqiqot universiteti rektori Nikolay Rogalev boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.

Prezidentning 2019 yil 4 iyundagi qarori bilan Toshkent shahrida “Moskva energetika instituti” milliy tadqiqot universiteti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining  (Rossiya Federatsiyasi) filiali tashkil etilgan edi.

Muzokaralarda tomonlar filial faoliyatining asosiy yoʻnalishi etib belgilangan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq barcha masalalarni muhokama qilishdi.

Filialda taʼlim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi. Bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitet (RF)ning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari Vasiylik kengashi tomonidan besh yildan kam boʻlmagan muddatga majburiy ishlab berish uchun respublika energetika tarmogʻi tashkilotlariga taqsimlanadi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.