18 +  RSS  E-mail
13:18, 12 09 2019

120 ta davlatda 50 mingta ishchiga ega kompaniya direktori Navoiyda


Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov DT World hamda DP World kompaniyalari ijrochi direktori Mahmud al Bastaki boshchiligidagi Birlashgan Arab Amirligining delegatsiya vakillarini qabul qildi.

Birlashgan Arab Amirligining DP World kompaniyasi 1974 yilda tashkil etilgan boʻlib, global savdo-sotiq va yuk tashish xizmati boʻyicha jahondagi eng katta yetakchi kompaniya hisoblanadi.

DP World bu sohada koʻplab korxona va tashkilotlarni bevosita boshqaradi, jumladan, dengiz va ichki terminallardan tortib, dengiz xizmatlari, logistika, qoʻshimcha xizmat turlari va savdoni amalga oshirish uchun kerakli texnologik chora-tadbirlargacha taʼminlaydi.

Mazkur kompaniya 40 ta horijiy davlatda joylashgan 150 ta portda faoliyat olib boradi.

Shuningdek, 120 ta davlatda 50 mingta ishchiga ega. Kompaniya har yili 70 mingta kemaga xizmat koʻrsatadi va bir kunda 190 mingta konteyner tashuvlarini amalga oshiradi.

2018 yildagi savdo aylanmasi 71,4 mlrd dollarga teng boʻlib, kompaniya daromadi 5,6 mlrd dollarni tashkil qilgan.

— Men Oʻzbekiston zamini va aynan Gʻarb va Sharq mamlakatlarini bogʻlaydigan koʻprik vazifasini oʻtayotgan, aytish joiz boʻlsa, quruqlik transport porti uchun juda qulay hudud Navoiy viloyatiga tashrif buyurganimdan juda ham mamnunman. Bugungi kunga qadar dunyoning bir qator davlatlarida amalga oshirgan logistika yoʻnalishidagi ishlarimizdan orttirgan tajribamizni sizning yurtingizda ham qoʻllamoqchimiz. Ishonamanki, boshlanajak hamkorligimiz kelgusida oʻzining ijobiy samarasini beradi, — deydi Mahmud al Bastaki.

Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.