18 +  RSS  E-mail
10:58, 11 09 2019

Xitoylik investorlar Bulungʻur tumanida nimalar barpo etayapti?


Bulungʻur tumanida Xitoyning Chen Chongzhou korxonasi tomonidan “Xitoy Besh Barmoq qurilish materiallari” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi tashkil qilingan.

Bu yerda pishiq gʻisht ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish maqsadida 3 million AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya hisobidan 100 ta yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda.

Bugungi kunga qadar 2,83 million dollarlik miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritilgan.

Bulungʻurda Xitoy Xalq Respublikasining ilgʻor texnologiyalari asosida “Agrosanoat klasteri” tashkil qilinmoqda. Chorvachilik kompleksi shaklida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida “Henan Wanbang Selected Surrly Chain Management Co. LTD” kompaniyasi bilan hamkorlik qilinmoqda. Buning uchun “Samarkand Richland International investment” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona tashkil etilgan. Bugungi kungacha xitoyliklar ushbu loyihaga 1,5 million AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritilgan.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.